Ustaxonani o'margan o'smirlar
Sho'rchi tumanida 2021 yilning 24 mart kuni, tumanning "ko'klam" mahallasida yashovchi, u.B. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 12 mart kuni tumanning "Bobur" mahallasi hududida joylashgan avtomashinalarni ta'mirlash ustaxonasiga, noma'lum shaxslar darvoza tepa qismidagi temir panjarani buzish yo'li bilan kirib, ustaxona ichida bo'lgan VAZ-2106 avtouloviga tegishli bo'lgan 1.000.000 (bir million) so'mlik ehtiyot qismlarini va 400.000 (to'rt yuz ming) so'mlik bir dona bolgarkalarini o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar orgarlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijdasida, ushbu o'g'irlikni shu tumanda yashovchilar voyaga etmagan T.A., Sh.F. va R.A.lar birgalikda engil yo'l bilan moddiy manfaat ko'rish maqsadida sodir etishganligi aniqlanib ushlangan va ulardan ashyoviy dalil olingan. 27 mart kuni T.A., Sh.F. va R.A.larga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "v,g" bandlari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati