13 Sentyabr 2022 yil
418
Qumqo‘rg‘on tumanida fuqarolarning murojaatlari o‘rganilib, aniqlangan muammolar ijobiy hal etildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2021 yil 10 mart kunidagi tegishli ko‘rsatmasi ijrosini ta’minlash borasida, aholining murojaatlarini o‘rganish hamda ijobiy hal etish maqsadida, Surxondaryo viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik I.X.Ketmonov tomonidan Qumqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishlari bo‘yicha fuqarolarni qabul qildi. Qabul davomida, fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazildi.
O‘tkazilgan suhbat davomida jinoyatlarning kelib chiqish sabab va omillari o‘rganildi. Aniqlangan kamchiliklar o‘z o‘rnida barataraf etilib, muammolar shu yerni o‘zida ijobiy hal etildi.