14 Sentyabr 2022 yil 203

Qumqo‘rg‘on tuman ichki ishlar bo‘limida "kasbiy tayyorgarlik oyligi" doirasida turli o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining "Kasbiy tayyorgarlik oyligini o‘tkazish to‘g‘risida"gi tegishli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, 13-sentabr kuni Qumqo‘rg‘on tumani IIB binosida yig‘in signali berilib xodimlarning tashvish qoplari  tekshirildi.

Shuningdek, xodimlarning jangovar shayligini oshirish maqsadida PM va AKM qurollarini to‘liqsiz qismlarga ajratish va yig‘ish, jismoniy va jangovar sifatlarini oshirish maqsadida to‘sinda tortilish  va yengil atletika sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borildi.

Shundan so‘ng Qumqo‘rg‘on tumani IIB  shaxsiy tarkibining jismoniy va jangovar sifatlarini oshirish maqsadida saf mashg‘ulotlari ham o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyati IIB va uning quyi tizimlarida “Kasbiy tayyorgarlik oyiligi” doirasida ichki ishlar organlari xodimlarining jismoniy va jangovar tayyorgarliklarini yanada oshirishga qaratilgan turli mashug‘ulotlar o‘tkazilishi davom etmoqda.

Text to speech