15 Avgust 2024 yil 332

Qumqo‘rg‘on va Sho‘rchi tuman IIBlarida “Saylov huquqi: inson qadriga yuksak e’tibor” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i tomonidan 2024 yil 10 avgust kuni tasdiqlangan farmoyishga asosan, joriy yilning 13 avgust kuni Qumqo‘rg‘on tumani IIB hamda Shimoliy mintaqaviy hudud Sho‘rchi tumanlari IIB shaxsiy tarkibi bilan saylov tizimining o‘ziga xos xususiyatlari va siyosiy partiyalar to‘g‘risida o‘quv yig‘ini o‘tkazildi.

O‘tkazilgan o‘quv yig‘inida, Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘ining yordamchisi podpolkovnik F.Qlichev, Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi huquqiy axborot bo‘limi bo‘yicha bosh maslahatchisi B.Avazovlar ishtirok etishdi.

Mazkur o‘quv yig‘inida Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi huquqiy axborot sho‘basi bosh maslahatchi Bunyod Avazovning O‘zbekiston Respublikasi saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlar haqidagi ma’ruzasi tinglanib, xodimlarning yangi saylov tizimining o‘ziga xos xususiyatlari va siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi bilim va malakasini oshirishga qaratildi.

Text to speech