4 Yanvar 2023 yil
420
Qo‘ylarga xaridor bo‘lgan shaxs firibgarlik qildi
Boysun tumanida 2022 yil 24 dekabr kuni, tumanning “Tillokamar” mahallasida yashovchi, K.Ixtiyor (ism shariflar o‘zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2022 yilning iyul oyida, Denov tumanida yashovchi, X.Umid uning ishonchiga kirib, 200 bosh qo‘ylarini 360.000.000 (uch yuz oltmish million) so‘mga “sotib olaman!” deb, 291.000.000 (ikki yuz to‘qson bir million) so‘m pulini berib, qolgan 69.500.000 (oltmish to‘qqiz million besh yuz ming) so‘m pulini bermaganligini bildirgan. 29 dekabr kuni X.Umidga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati