19 Noyabr 2021 yil 483

Turli xil va'dalari bilan uch kishining pullarini o'zlashtirib ketgan denovlik firibgarga jinoyat ishi ochildi

Denov tumanida 2021 yil 30 oktabr kuni, tumanning "Dashtichinor" mahallasida yashovchi, N.Nodir (ism shariflar o'zgartirilgan) tumanning "Sina" mahallasida yashovchi, S.Jasur va tumanning "Dashtichinor" mahallasida yashovchi, Ya.Odillar tuman IIBga ariza bilan murojaat qilishib, unda tumanning "Sumbula" mahallasida yashovchi, X.Doston har xil va'dalar bilan ularning ishonchiga kirib, 2019 yil mart oyida, N.Nodirni 7.000.000 (yetti million) so'm pulini, 2021 yil fevral oyida, S.Jasurni 200 (ikki yuz) AQSh dollarini, 2021 yil mart oyida, Ya.Odilni 20 000 000 (yigirma million) so'm pullarini aldab olib, o'zining ehtiyojiga ishlatib yuborganligini bildirgan. 2 noyabr kuni X.Dostonga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech