O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvar kunidagi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan, viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan, vohamizga tashrif buyuruvchi sayyohlar xavfsizligini ta’minlash va lozim bo‘lganida ularga kerakli yordamlar ko‘rsatish maqsadida, viloyat hududidagi mehmonxonalar, turizm namoyishi obe’ktlaridagi kuzatuv kameralari Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi binosidagi situatsion markaziga integratsiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Buning natijasida, Turizm obe’ktlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatish imkoniyati paydo bo‘lib, har qanday ko‘ngilsiz holatlarning oldini olishga qolaversa sodir etilgan huquqbuzarlik va jinoyatlarning “issiq izi”da fosh etilishiga xizmat qiladi.
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: