12 Mart 2024 yil 632

Turizm ob’ektlarida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Viloyat hududiga tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimini yanada ko‘paytirish va ularning xavfsizligini lozim darajada ta’minlash maqsadida, Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi va Surxondaryo viloyati turizm va madaniy me’ros bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyat hududida joylashgan turizm namoyish ob’ektlarida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur o‘rganish davomida, turizm namoyishi ob’ektlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qo‘shimcha qulayliklar yaratish va turizm jozibadorligini oshirish borasida tegishli mutasaddi tashkilotlar va mahalliy hokimliklarga taklif va taqdimnomalar kiritib kelinmoqda.

Text to speech