Turizm ob’ektlarida yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi yuzasidan profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022 yil 7 dekabr kunidagi tegishli buyrug‘i talablariga asosan, Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi va Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda Turizm namoyishi ob’ektlari ma’muriy binosining yong‘inga qarshi texnik holatlari o‘rganib chiqildi.
O‘rganish davomida, aniqlangan
kamchiliklarni bartaraf etilishi hamda yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilishlari
yuzasidan mas’ul rahbar va xodimlarga tegishli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, Turizm namoyishi ob’ektlari ma’muriyati ishchi xizmatchilari bilan tag‘ibot uchrashuvi o‘tkazilib, uchrashuv davomida ishchi-xizmatchilarga yong‘in xavfsizligi qoidalari yuzasidan ma’lumotlar berildi hamda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan ma’lumotlar berildi.