30 May 2021 yil 500

Tuman xokimiyatida ishlashini ma'lum qilgan firibgarning firibi fosh etildi

Qiziriq tumanida 2021 yilning 8 may kuni tuman IIB TBning xabariga ko'ra, tumanning "Oqjar" mahallasida yashovchi, A.To'ra O'zbekiston Respublikasi Prezidenti "ishonch telefon"iga qilgan murojaatida, 2019 yil mart oyida, tumanning "Gilambob" mahallasida yashovchi, tumandagi xususiy korxona rahbari, Sh.Soat o'zini Qiziriq tumani hokimiyatida ishlashini, do'koni uchun er ajratib berishini va'da qilib, 4.000.000 (to'rt million) so'm pullarini olib, o'zlashtirib ketadi. Bundan tashqari, tumanning "Etimqum" mahallasida yashovchi, N.Ulug'bek ham tuman IIBga ariza yozib unda, 2019 yil mart oyida, Sh.Soat o'zini tuman hokimiyatida ishlashini, do'kon uchun er ajratib berishini va'da qiladi va 200 (ikki yuz) AQSh dollarini olib o'zining ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan. Natijada 7 may kuni Sh.Soatga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech