11 Yanvar 2023 yil
373
Toshkent shahrida firibgarlik jinoyatini sodir qilgan shaxs Denov tumanida qo‘lga olindi
Sariosiyo tumanida 2022 yil dekabr oyida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Toshkent shahar Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan qidiruvda bo‘lgan, ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qo‘llanilgan, Denov tumanida yashovchi, B.Salim (ism shariflar o‘zgartirilgan) 2023 yil 5 yanvar kuni, Denov tumani IIB xodimlari tomonidan tuman hududida yurganligi aniqlanib, ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati