To'ra Bobolov "O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining 30 yilligi" esdalik nishoni bilan mukofotlandi
O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug'i bilan Vatanimiz tinchligi, el-yurt osoyishtaligini ta'minlash yo'lidagi ko'p yillik fidokorona xizmatlari, jinoyatchilikka qarshi kurash va uning oldini olish borasidagi samarali mehnatlari, o'z xizmat burchini bajarish chog'ida ko'rsatgan mardlik va jasorati, kadrlar tayyorlash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlariga qo'shgan munosib hissasi uchun hamda 25-oktabr - "Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni" munosabati bilan viloyat hokimi To'ra Bobolov, Qiziriq va uzun tumanlarining hokimlari, viloyat ichki ishlar idoralarining 45 nafar rahbar va xodimlari "O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining 30 yilligi" esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Kuni kecha, Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida bo'lib o'tgan tadbirda mukofotlarni viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i, polkovnik Abduvohid Ismoilov o'z egalariga tantanali ravishda topshirdi.