22 Iyun 2021 yil
501
Tomorqasi va yonidan giyohvand modda topildi
Denov tumanida 2021 yilning 18 may kuni soat 14.20 larda, tuman bo'yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan tumanning "Dashtichinor" mahallasida yashovchi, B.Melikning yashash uyi va yordamchi xo'jaliklari ko'zdan kechirilganda, tomorqasidan 1 tup, "nasha" giyohvandlik o'simligini ekib parvarish qilib kelayotganligi aniqlangan, bundan tashqari B.Malikning yonidan sof vazni 4.64 gramm bo'lgan "marixuanna" giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. 25 may kuni B.Malikka nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi va 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati