To‘yga to‘yona: O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining 32 yilligi munosabati bilan Termiz shahrida “Vatanparvarlar bog‘i” foydalanishga topshirildi
Bugun, 18 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi
Davlat bayrog‘i qabul qilinganligiga 32 yil to‘ldi. Mazkur sana munosabati bilan
Surxondaryo viloyatida ham qator bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
Xususan, Termiz shahrida to‘yga-to‘yona
sifatida voha ahli hamda yoshlari uchun 3,8 gektar maydonda yangidan barpo etilgan
“Vatanparvarlar bog‘i” foydalanishga topshirildi. Bog‘ 4 ta hududga, Vatanparvarlik,
madaniy hordiq, sport va ma’naviy ozuqa hududlariga ajratilgan bo‘lib, yo‘nalishlarga
mos ravishda jihozlangan.
Hududda o‘rnatilgan tarixiy eksponatlar
va harbiy texnikalar yoshlarga milliy armiyamizning tarixi va buguni haqida ma’lumotlar
berish bilan birga ularda ona Vatanga muhabbat, harbiy Vatanparvarlik tuyg‘usini
shakllantirishda xizmat qiladi. Shuningdek, bog‘ hududida yangi hunarmandchilik
markazi va zamonaviy kutubxona ham tashkil etilgan.
Davlatimiz
bayrog‘ining 32 yillik bayrami tantanalari va “Vatanparvarlar bog‘i”ning ochilish
marosimida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, davlat va jamoat tashkilotlari
rahbarlari, harbiylar, Ichki ishlar organlari xodimlari, nuroniylar hamda yoshlar
ishtirok etishdi.