Tinchlik kuyi doim yangrasin
O'zbekiston Respublikasi qurollli kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi hamda 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik liseyida o'quvchi yoshlarini Vatanga bo'lgan muxabbat va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida "kim yurtiga sodiq bo'lsa mendirman o'sha!"bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
Tadbirda viloyat IIB boshlig'i, polkovnik A.Ismoilov, tuman DXX hamda mudofaa bo'limlari boshliqlari va 4 ta sektor rahbarlari ham ishtirok etishdi.
Dastlab, viloyat IIB boshlig'i polkovnik A.Ismoilov akademik lisey o'quvchi-yoshlarini bayram tadbiri bilan muborakbod etdi.
Shundan so'ng, akademik lisey 4/19 guruh o'quvchisi Boltaev Asliddin "tinchlik kuyi"ni ijro etdi.
Tadbir davomida akademik liseyda a'lo natijalarga erishgan va ma'naviy tadbirlarda faol ishtirok etgan 10 nafar o'quvchi viloyat IIB boshlig'i tomonidan faxriy yorliqi hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
O'quvchilarning harbiy vatanparvarlik ruhidagi she'rlari yig'ilganlarga manzur bo'ldi.
Tadbirda IIV Surxondaryo akademik liseyi qo'l jangi to'garagida shug'ullanayotgan o'quvchilarning chiqishlari tadbir ishtirokchilarida iliq ta'surot qoldirdi.
O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo'shinlariga qarashli harbiy qism harbiy xizmatchilari, viloyat IIB kinologiya xizmati xodimlari xizmat itlari bilan ko'rgazmali chiqishlari ham namoyish etildi. Ayniqsa, viloyat IIB maxsus otryadi va TVBSO xodimlarining chiqishi o'quvchilarda qiziqish uyg'otdi.
Tadbir so'ngida harbiy va jangovar texnikalar, qurol yarog'larni ma'sul xodimlar nazoratida o'quvchilar tomonidan bevosita tanishishga ruxsat berildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati