6 Iyun 2022 yil
505
Hovlidagi 60 tup ko‘knor
2022 yil 07 may kuni soat 11.00 da Denov tumanidagi “Dunyotepa” mahallasida yashovchi R.M.ning xonadoni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan ko‘zdan kechirildi. Natijada xonadondagi tomorqada (EKBning 10.05.2022 yildagi xulosasiga ko‘ra) 60 tup ko‘knor o‘simligi ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlandi. Shu kunning o‘zida tegishli 60 tup ko‘knor o‘simligi hujjatlashtirib olindi. 17 may kuni esa R.M.ga nisbatan O‘zR JKning 270-m. 1-q. bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati