10 Avgust 2021 yil 561

Termizda, Qidiruvdagi qochqin qo'lga olindi

Termiz tumani "Sh.Rashidov" mahallasida yashovchi fuqaro X.Ilhom 2021 yil 29 iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, tergov organlariga kelmasdan noma'lum tomonga yashiringanligi sababli, Jinoyat ishlari bo'yicha Termiz tuman sudi tomonidan qidiruv e'lon qilingan, ehtiyot chorasi sifatida "qamoq" qo'llanilgan.
Tergov organlaridan qochib yurgan Qidiruvdagi shaxs X.Ilhom 2021 yilning 7 avgust kuni Surxondaryo viloyati IIB xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Termiz shahrida yashirinib yurganligi aniqlanib, qo'lga olingan.
X.Ilhom sodir qilgan jinoyatiga jazo muqarrarligi ta'minlanishi uchun Termiz shahar ichki ishlar bo'limi vaqtincha saqlash hibsxonasiga topshirilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech