29 Noyabr 2020 yil 726

Termizda giyohvand moddasini saqlayotgan shaxs qo'lga olindi

Termiz shahrida o'tkazilgan "xavfsiz hudud" tadbirlari davomida giyohvandlik bilan bog'liq jinoyatlar ham aniqlandi.
Jumladan, Termiz shahri A.Jomiy mahallasida yashovchi D.D. ilgari jinoyat sodir etib, jazo o'tagan bo'lsa-da, bundan o'ziga tegishli xulosa chiqarmasdan yana xatoga qo'l urdi. U giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o'tkazish maqsadini ko'zlab ko'p miqdorda qonunga xilof ravishda o'tkazishga suiiqasd qilish jinoyatini qasddan sodir qilganligi aniqlandi.
Surxondaryo viloyat IIB JQB, DXX Surxondaryo viloyat boshqarmasi hamda Milliy gvardiya Surxondaryo viloyat boshqarmasi hamkorligida D.D.ning yashash xonadoni ko'zdan kechirilganda hojatxonasida polietilen paketga o'ralgan vazni 3,01 gramm miqdorda opiy hamda sof vazni 94,13 gramm miqdorida bo'lgan gashish giyoxvand moddalarini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlandi. Giyohvand moddalar ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olinib, mazkur holat bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech