29 Aprel 2022 yil 394

Termizda, dori darmonlarni sotib berishni va’da qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Sherobod tumanida 2022 yil 12 aprel kuni Termiz shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, Termiz shahrida yashovchi, N.Nosir (ism shariflar o‘zgartirilgan) 2022 yil yanvar oyida, Termiz shahrida yashovchi, dorixonada ishlovchi D.Alimning ishonchiga, “118.000.000 (bir yuz o‘n sakkiz million) so‘mlik turli xildagi dori vositalarini sotib berman!” deb, olib o‘zlashtirib yuborganligi aniqlangan. 12 aprel kuni N.Nosirga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech