9 Iyun 2023 yil 617

Termiz tumanida tovlamachilik qilgan  shaxs qo‘lga olindi

Termiz tumani “Qoraxon” mahallasida yashovchi Oysara Hamidova (ism-sharifi o‘zgartirildi) Termiz shahri “Navro‘z” mahallasida yashovchi Shokir Panjiev bilan tanishib qoladi. O.Hamidova biroz muddat Sh.Panjiev bilan  ishqiy munosabatda bo‘ladi. Shundan so‘ng, Sh.Panjiev ishqiy munosabatda bo‘lib kelgan yalang‘och holatdagi foto va videotasvirlarini ijtimoiy tarmoqlarga chiqarib yuborishligini aytib, O.Hamidovani qo‘rqita boshlaydi. Va undan 1 500 000 (bir million besh yuz ming) so‘m miqdorida pul talab qiladi.

O.Hamidovaning arizasiga asosan viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan Termiz shahri “Kattabog‘” mahallasi hududida joylashgan supermarket oldida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sh.Panjiev O.Hamidovadan tovlamachilik yo‘li bilan undan 1.500.000 so‘m pullarni olgan vaqtida, ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Sh.Panjievga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech