Termiz tumanida otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2024 yil 13 yanvar kunidagi
tegishli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyat IIB Jamoat xavfsizligi
xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i A.Xudoyberdiev tomonidan
viloyatning 3-sektor hududlaridagi otaliqqa olingan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini
mazmunli o‘tkazish ularning bilim va salohiyatini yanada oshirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yinlarini o‘tkazish
yo‘lga qo‘yilgan.
Xuddi shunday bilimlar bellashuvlaridan biri kuni kecha Termiz tumani hududidagi
Otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida tashkil etildi.
O‘yin natijalariga ko‘ra, o‘z bilim va salohiyatlari bilan
g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamolar qimmatbaho
esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.