Termiz tumanida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi
Termiz tumani hokimligi majlislar katta zalida tuman hokimi Shuxrat Nazarov rahbarligida mahallalar “beshligi” faoliyati, mavjud kriminogen vaziyat, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Unda sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, tuman Ichki ishlar bo‘limi mutasaddilari, profilaktika inspektorlari, aloqadar tashkilot va korxonalar rahbarlari hamda mahalla tizimi xodimlari ishtirok etishdi. Muhokamada mas’ullarning kun tartibidagi masalalar yuzasidan axborotlari tinglandi. Ayrim yo‘nalishlar va sohalarda ishlar talab darajasida emasligi tanqid qilindi. Xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab berildi.
Shuningdek, mas’ullarga tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi bandligini ta’minlash, ayniqsa, yoshlar va ayollar bilan tizimli ishlash maqsadida “fuqarobay”, “oilabay” va “xonadonbay” ishlashni jadallashtirish topshirildi.