28 Sentyabr 2023 yil 709

Termiz tumanida “Ishga marhamat” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi

Bugun Termiz tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan tumandagi Probatsiya guruhi hisobida turgan ishsiz fuqarolar uchun “Ishga marhamat” bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Aholi o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida o‘tkazilgan mazkur mehnat yarmarkasida tumandagi korxona va tashkilotlar tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi.

Yarmarkaga tashrif buyurgan 8 nafar fuqarolar o‘zlari tanlagan tashkilot bilan mehnat shartnomalarini tuzib, ularga yo‘llanmalar berildi. Shuningdek, ikki nafar fuqaro kasbga o‘qitishga yo‘naltirildi.

Text to speech