22 Oktyabr 2021 yil
430
Termiz tumanida bezorilik qilgan zo'ravonga jinoyat ishi qo'zg'atildi
Termiz tumanida 2021 yil 8 oktabr kuni, tuman IIB huzuridagi tergov bo'limidan tushgan hujjatlarga ko'ra, 19 sentabr kuni soat 20.00 larda, tumanning "Termiz" mahallasi hududida, shu mahallada yashovchi, S.Xalim Termiz shahri "Alpomish" mahallasida yashovchi, K.Kamoliddin bilan o'zaro janjal oqibatida, K.Kamoliddin qo'li bilan S.Xalimni duch kelgan joyiga urib, "o'rtacha og'ir shikast" etkazgan. 8 oktabr kuni K.Kamoliddinga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati