Termiz tumani IIBda Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan 12 oy davomida amalga oshirilgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Termiz tumani IIBda 2024 yilning 12 oyi davomida tuman IIB xizmat faoliyati natijalarida erishilgan yutuqlari, yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklari, shuningdek, jamoat tartibini saqlash, xuquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasidagi amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Sherzod Shadiev huzurida tezkor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda, Termiz tumani IIBda o‘tgan yilning o‘n ikki oyi davomida, tuman hududida sodir etilgan
jinoyatlar, erishilgan yutuqlar yuzasidan tuman IIB boshlig‘i birinchi o‘rinbosarining
axboroti tinglandi. Keltirilgan axborotda ish ko‘rsatkichi past bo‘lgan ichki ishlar
organlari xodimlarining xizmat faoliyati tanqidiy-tahlil qilindi.
Shuningdek, xodimlarga fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, korrupsion holatlarni oldini olish va jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish jarayonida shaxsiy xavfsizlik qoidalariga amal qilishlari lozimligi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Yig‘ilish yakunida,
xizmat faoliyati davomida xizmatdoshlariga namuna ko‘rsatib kelayotganligi hamda
14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarga kitoblar
to‘plami tantanali ravishda topshirildi.