1 Dekabr 2021 yil 1032

Termiz tumani hududida, giyohvandlik va psixotrop dori vositalarini kontrabanda yo'li bilan olib o'tish holati aniqlandi

Tarkibida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar bo'lgan, kuchli ta'sir etuvchi preparatlarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish tezkor-profilaktik tadbiri davomida, 2021 yil 26 noyabr kuni soat 19:00larda Surxondaryo viloyati DXX chegara qo'shinlari harbiy qism chegara naryadi va tezkor xodimlari tomonidan Frantsiya Respublikasi fuqarosi T.M. O'zbekiston Respublikasidan Afg'onistonga chiqib ketish maqsadida, Termiz tumani hududidagi temir yo'l orqali piyoda tarzda noqonuniy ravishda davlat chegarasidan o'tishga uringan vaqtda to'xtatilib, chegara qo'shinlari tomonidan Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo'limi xodimlariga holat yuzasidan bojxona nazoratini amalga oshirish uchun xabar berilgan.
Voqea joyiga soat 20:30 larda kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo'limi hamda Surxondaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari chiqishib, fuqaroni xolislar ishtirokida bojxona nazoratidan o'tkazilganda, unga tegishli bo'lgan kulrang ryukzak sumkasi ichidan 26 dona "Topalgic" 50 mg tramadol nomli tabletkalar borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida holislar ishtirokida olib qo'yilgan.
Mazkur holat yuzasidan, tergovga qadar surishtiruv ishlari viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilmoqda.

Surxondaryo viloyat IIB axborot xizmati

Text to speech