11 Iyul 2022 yil 735

Termiz shahrida o‘g‘ri ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi

Termiz shahrida 2022 yil 02 iyul kuni shaharning “Namuna” mahallasida yashovchi, K.Barchinoy (ism shariflar o‘zgartirilgan) shahar IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 02 iyul kuni soat 12.00 larda, yashash uyidan narxi 3.000.000 (uch million) so‘mlik 1 dona “Fujitsu” rusumli kompyuter va narxi 600.000 (olti yuz ming) so‘mlik 1 dona “Artel” rusumli pechini noma’lum shaxs o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu jinoyatni Termiz shahrida yashovchi, R.Rashid sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 03 iyul kuni R.Rashidga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech