5 Aprel 2022 yil 407

Termiz shahrida, firibgarlik qilgan shaxslar jinoyat ustida qo‘lga olindi

Termiz shahrida 2022 yil 25 mart kuni, Termiz tumanida yashovchi, D.Latifning (ism shariflar o‘zgartirilgan) arizasiga asosan, 23 mart kuni Surxondaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi va O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Termiz shahrida yashovchi, Termiz tuman mas’ul idora vakili Ch.Chori D.Latifning uy-joy hujjatlarini Termiz tuman mas’ul tashkilot xodimi, B.Bahodir orqali kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish uchun 4.500.000 (to‘rt million besh yuz ming) so‘m talab qilib, ushbu pulni Termiz shahri hududida olgan vaqtida ushlangan.
Shu kuni B.Bahodir D.Latifni uy-joy kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish uchun Ch.Choridan 4.500.000 (to‘rt million besh yuz ming) so‘m pulni olgan vaqtida ushlangan. 25 mart kuni Ch.Chori, B.Bahodirlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi va 211-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan, Ch.Choriga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech