23 Oktyabr 2021 yil 353

Termiz shahrida dron shou o'tkazildi

Joriy yilning 20 oktabr kuni Termiz shahridagi "Bolajon" bog'ida dron-shou o'tkazildi. Shou avvalida san'atkorlar ishtirokida kontsert dasturi namoyish etildi. Shundan so'ng, O'zbekiston Respublikasining xaritasi, davlat bayrog'i, saylov-2021 va siyosiy partiyalar nomlari 250 ta dronlar yordamida aks ettirildi.
Mazkur dron-shouni tomosha qilish uchun tashrif buyurgan mahalliy sayyohlar hamda xorijiy kuzatuvchilar, Surxondaryo viloyati IIB xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan xavfsizliklari ta'minlandi va ushbu xizmatdan ular mamnun bo'lishdi.

Surxondaryo viloyati IIB axbrot xizmati

Text to speech