23 Noyabr 2021 yil 416

Termiz shahrida tovlamachi qo'lga olindi

Termiz shahrida 2021 yil 4 noyabr kuni soat 14:00 larda, viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi va shahar IIB xodimlari tomonidan, Denov tumani "So'fi Olloyor" mahallasida yashovchi, R.Salomatning (ism shariflar o'zgartirilgan) arizasiga asosan o'tkazilgan tezkor-tadbir davomida, tanishi uzun tumani "Yangi-xayot" mahallasida yashovchi, N.Nuriddin R.Salomatga "2.000.000 (ikki million) so'm pul bermasang fotosuratlaringni akanga yuboraman"-deb qo'rqitib, shaharning "A.Avloniy" mahallasi hududida, R.Salomatdan 2.000.000 (ikki million) so'm pulni olgan vaqtida ushlangan. 4 noyabr kuni N.Nuriddinga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech