27 Dekabr 2021 yil 491

Termiz shahrida, firibgarlik qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atildi

Termiz shahrida 2021 yil 11 dekabr kuni, shahar IIB huzuridagi Tergov bo'limidan tushgan hujjatlarga ko'ra, shaharning "Do'stlik" mahallasida yashovchi, mas'uliyati cheklangan jamiyat rahbari, J.Javohir shahar IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 21 sentabr kuni, shaharning "Gulirano" mahallasida yashovchi, MChJda mahsulot etkazib beruvchi, N.Nodir uning ishonchiga kirib, 41.300.000 (qirq bir sillion uch yuz ming) so'm pullarini MCHJ hisobiga kirim qilmasdan ushbu pullarni o'zlashtirib yuborganligini bildirgan. 14 dekabr kuni N.Nodirga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech