14 Fevral 2022 yil
407
Termiz shahrida, firibgarlik bilan qidiruvda bo'lgan shaxs qo'lga olindi
Muzrabot tumanida 2021 yil dekabr oyida, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida, ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Jinoyat ishlari bo'yicha tuman sudi tomonidan qidiruvda bo'lgan, ehtiyot chorasi "qamoq, tumanning "Xalq yo'li" mahallasida yashovchi, S.Sanjar (ism sharif o'zgartirilgan) viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan 4 fevral kuni Termiz shahrida yashirinib yurganligi aniqlanib, ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati