26 Noyabr 2022 yil 220

Termiz shahar IIBda IIO xodimlari o‘rtasida korrupsion holatlarni oldini olishga qaratilgan IIV ishchi guruh a’zolari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining “Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida qo‘shimcha chora-tadbirlarni belgilash to‘g‘risida”gi buyrug‘i bilan tasdiqlangan yo‘l xaritaga asosan Ichki ishlar vazirligi tomonidan tuzilgan ishchi guruhi a’zolari ishtirokida Surxondaryo viloyati Termiz shahar IIB katta majlislar zalida viloyat IIOda xizmat olib borayotgan xodimlar va ularning oila a’zolari ishtirokida uchrashuv o‘tkazishdi.

Uchrashuvda IIV Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Sodiqov, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Q.Samandarov hamda viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shadievlar ishtirok etib, yig‘ilish ishtirokchilariga IIO tizimida yaratib berilayotgan sharoit va imkoniyatlarga qarmasdan  korrupsiya va tamagirlikka qo‘l urayotgan ba’zi nopok xodimlar ham uchrab turganligi afsuslar bilan ta’kidlandi.

Shundan so‘ng Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati tomonidan tayyorlangan xodimlar o‘rtasida korrupsion holatlarni oldini olishga qaratilgan “Qabohatning ko‘rinmas nuqtasi” nomli ijtimoiy rolik taqdim etildi.

Shuningdek, viloyat IIOlarida o‘z xizmat vazifalariga sidqidildan yondashib, o‘z safdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan 7 nafar xodimlarning ota-onalariga boshqarma boshlig‘ining minnatdorchiligi e’lon qilindi.

Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad xodimlar o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilik buzilishining oldini olishdan iboratdir.

Text to speech