Termiz Davlat universitetida “Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi
Joriy yilning 15 mart kuni, Surxondaryo
viloyat Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda jinoyat
ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyati sudi xodimlari ishtirokida Termiz Davlat universitetida
“Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Termiz Davlat universiteti “Sport faoliyati va boshqaruvi” fakultetining
professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi.
Yig‘ilish davomida ma’ruzachilar tomonidan korrupsion jinoyatlarning kelib
chiqishiga sharoit yaratuvchi sabab va omillar, ushbu turdagi jinoyatlarni sodir
etgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan jazo choralari hamda jinoyatlarni oldini
olish bo‘yicha tushunchalar berildi.
Xususan tadbirda so‘zga chiqqan viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi
Kadrlar guruhi katta inspektori mayor Sh.Rahimov korrupsion jinoyatlarni sodir etilishida
talaba yoshlarning ishtirok etayotganligi achinarli ekanligini aytib bu borada yig‘ilish
ishtirokchilarga amaliy misollar keltirdi.
Tadbir yakunida ma’ruzachilar talaba yoshlar tomonidan
berilgan savollarga javob berishdi.