2 Noyabr 2022 yil 451

Termiz Davlat pedagogika institutida «Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!» mavzusida yig‘ilish tashkil etildi.

Joriy yilning 1-noyabr kuni Termiz davlat pedagogika instituti Pedagogika va san’at fakulteti talabalari ishtirokida «Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!» mavzusida yig‘ilish tashkil etildi.

Yig‘ilishda, Termiz shahar IIB Xotin-qizlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha katta inspektori kapitan S.Allanazarova, Termiz shahar Tibbiyot birlashmasi Sog‘lom turmush tarzi bo‘limi mutaxassisi S.Poyonova, genekolog va terapevt shifokorlari F.Alisherova, Z.Axmedov va institut xotin-qizlar maslahat Kengashi raisi S.Tursunovalar mavzu yuzasidan ma’ruza qilishdi. Shuningdek, yig‘ilishda mutaxassislar tomonidan talaba-qizlarni zo‘ravonlik va jinoyatchiliklardan asrash, ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish hamda sog‘lom turmush tarziga amal qilishlari yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech