Termiz davlat pedagogika institutida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, talaba-yoshlarning huquqiy ongini yuksaltirish maqsadida navbatdagi targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Xavfsiz talaba” oyligi doirasida tashkil etilib, unda Termiz davlat pedagogika instituti profilaktika inspektorlari kapitan S.Amanov, katta leytenant B.Allaberdiev hamda ma’sul xodimlar ishtirok etdi.
Ishtirokchilarga Odam
savdosi, noqonuniy migratsiya, diniy ektremizm va terorizmga qarshi kurash,
hamda ushbu xalqaro jinoyatlardan jabirlanishning oldini olish ijtimoiy tarmoq
internet olamidan to‘g‘ri foydalanish va norasmiy saytlardan aldanib qolishning
oldini olish mavzulari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi. Talabalar
bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularni xabardor qilish maqsadida
ko‘rgazmali bukletlar tarqatilib video roliklar namoyish etildi..
Tadbir davomida talabalar
orasida odam savdosining xavfli oqibatlari, uning oldini olish yo‘llari hamda
huquqiy savodxonlikni oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Yoshlarni ogohlikka,
hushyorlikka va o‘z huquqlarini bilishga undash maqsadida tashkil etilgan ushbu
tadbirda ishtirokchilar o‘z fikr va takliflarini bildirishdi.
Odam savdosiga qarshi kurash — har birimizning fuqarolik burchimiz!