18 Oktyabr 2025 yil 70

Termiz davlat pedagogika institutida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, talaba-yoshlarning huquqiy ongini yuksaltirish maqsadida navbatdagi targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.

Termiz davlat pedagogika instituti profilaktika inspektorlari kapitan S.Amanov, katta leytenant B.Allaberdiev hamda ma’sul xodimlar ishtirok etdi.

Ishtirokchilarga Odam savdosi, noqonuniy migratsiya, diniy ektremizm va terorizmga qarshi kurash, hamda ushbu xalqaro jinoyatlardan jabirlanishning oldini olish ijtimoiy tarmoq internet olamidan to‘g‘ri foydalanish va norasmiy saytlardan aldanib qolishning oldini olish mavzulari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi. Talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularni xabardor qilish maqsadida ko‘rgazmali bukletlar tarqatilib video roliklar namoyish etildi..

Tadbir davomida talabalar orasida odam savdosining xavfli oqibatlari, uning oldini olish yo‘llari hamda huquqiy savodxonlikni oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Yoshlarni ogohlikka, hushyorlikka va o‘z huquqlarini bilishga undash maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbirda ishtirokchilar o‘z fikr va takliflarini bildirishdi.

Odam savdosiga qarshi kurash — har birimizning fuqarolik burchimiz!

Text to speech