Termiz shahrida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish borasidagi ishlar sarhisob qilindi Jamiyatimizda barqarorlikni saqlash, fuqarolarimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, qonunchilik va huquq-tartibotni mustahkamlashda ichki ishlar organlarining samarali faoliyati muhim o‘rin egallaydi. Ta’kidlash joizki, Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan keyingi yillarda sohani xalqparvar tizimga aylantirishga qaratilgan ko‘plab normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Buning natijasida ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurash, uning oldini olish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish borasidagi roli tobora oshib bormoqda. Eng muhimi, ichki ishlar organlari xodimlarining xalq ichiga kirib borishlari sezilarli darajada o‘sib borishi kuzatilmoqda. Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik A.S.Ismoilov huzurida 2023 yilning 12 oyi davomida Termiz shahrida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, uning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ham ayni jihatlar e’tirof etildi. Shu bilan birga o‘tgan yil davomida bu borada yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar chuqur tahlil qilindi. Viloyat va Termiz shahar mas’ullari ishtirok etgan muhokamada har bir hududni, mahallani jinoyatdan holi manzilga aylantirish borasida hamkorlikda amalga oshirish lozim bo‘lgan takliflar o‘rtaga tashladi. Negaki, har qanday huquqbuzarlik holatlarining oldini olish borasidagi harakatlar avvalo, mahallalarda keng jamoatchilik ishtirokida tashkil etilishi alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois har bir profilaktika inspektori “Mening mahallamda jinoyat sodir bo‘lmasligi kerak” shiori ostida harakatlanishi va bu borada kerak bo‘lsa, qo‘shimcha kuch va vositalarning ko‘magida amaliy ishlarga qo‘l urishi lozimligi ta’kidlandi. Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda, shuningdek, o‘tgan bir yil davomida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish, jinoyatchilikni oldini olishda mahallabay, fuqarobay ish tizimidan foylanish va boshqa vazifalar bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
Jamiyatimizda barqarorlikni saqlash, fuqarolarimiz tinchligi va osoyishtaligini
ta’minlash, qonunchilik va huquq-tartibotni mustahkamlashda ichki ishlar organlarining
samarali faoliyati muhim o‘rin egallaydi. Ta’kidlash joizki, Davlatimiz rahbarining
tashabbusi bilan keyingi yillarda sohani xalqparvar tizimga aylantirishga qaratilgan
ko‘plab normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Buning natijasida ichki ishlar
organlarining jinoyatchilikka qarshi kurash, uning oldini olish, jamoat tartibini
saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, aholining huquqiy ongi va madaniyatini
oshirish borasidagi roli tobora oshib bormoqda. Eng muhimi, ichki ishlar organlari
xodimlarining xalq ichiga kirib borishlari sezilarli darajada o‘sib borishi kuzatilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i
polkovnik A.S.Ismoilov huzurida 2023 yilning
12 oyi davomida Termiz shahrida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish,
uning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan
yig‘ilishda ham ayni jihatlar e’tirof etildi.
Shu bilan birga o‘tgan yil davomida bu borada yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar
chuqur tahlil qilindi. Viloyat va Termiz shahar mas’ullari ishtirok etgan muhokamada har bir hududni, mahallani jinoyatdan holi manzilga
aylantirish borasida hamkorlikda amalga oshirish lozim bo‘lgan takliflar o‘rtaga
tashladi.
Negaki, har qanday huquqbuzarlik holatlarining oldini olish borasidagi harakatlar
avvalo, mahallalarda keng jamoatchilik ishtirokida tashkil etilishi alohida ahamiyat
kasb etadi. Shu bois har bir profilaktika inspektori “Mening mahallamda jinoyat
sodir bo‘lmasligi kerak” shiori ostida harakatlanishi va bu borada kerak bo‘lsa,
qo‘shimcha kuch va vositalarning ko‘magida amaliy ishlarga qo‘l urishi lozimligi
ta’kidlandi.
Tanqidiy-tahliliy ruhda
o‘tgan yig‘ilishda, shuningdek, o‘tgan bir yil davomida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni
bartaraf etish, jinoyatchilikni oldini olishda mahallabay, fuqarobay ish tizimidan
foylanish va boshqa vazifalar bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.