Termiz shahrida talabalar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan uchrashuv o‘tkazildi
Joriy yilning 16 fevral kuni, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi
boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik X.Atanazarov
hamda Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik O‘.Shukurovlar
ishtirokida Termiz Davlat universitetida “Talabalar orasida jinoyatchilikni oldini
olish” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda talaba yoshlarga jinoyatchilikni keltirib
chiqaruvchi omillar, uning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar xususida so‘z
yuritilib, hozirgi kunda talabalar o‘rtasida sodir bo‘layotgan jinoyatlar va salbiy
holatlar haqida hayotiy misollar keltirilib, talaba yoshlar o‘rtasida oqibati qonunbuzilish
yoki huquqbuzarlik bilan yakun topadigan holatlarga guvoh bo‘lganlarida bir birlarini
to‘g‘ri yo‘lga solishlari to‘g‘risida taklif va tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan yoshlarga faxriy
yorliqlar topshirildi.