2 Oktyabr 2024 yil
308
Termiz shahrida probatsiya nazorati ostida turuvchi ayollar bilan tadbirkor uchrashuvi tashkil etildi.
Joriy yilning 2 oktabr kuni Termiz shahar IIB Jamoat
xavfsizligi xizmati Probatsiya nazorati ostidagi yoshlar va ayollar bilan Termiz
shahar hokimi o‘rinbosari G.Raxmonova va Probatsiya guruhi inspektori D.Allanazarovalar
“Dreem silk textil” ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyurib, tadbirkor bilan
uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida tekstilda ishchi xizmatchilari uchun
yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.
Tekstil
rahbari kelgusida ishlash istagini birdirgan ayollarni ish bilan ta’minlash taklifini
bildirib o‘tdi. Shuningdek, ayollar tomonidan berilgan savollariga tegishli javoblar
qaytarib, ushbu maskanda ishlar qizg‘in borayotganligini ta’kidlab o‘tdi.