Termiz shahrida Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i kubogi uchun sportning “Mini futbol” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti, Qurollik Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Sh.Mirziyoev tomonidan
2024 yil 12 yanvar kuni o‘tkazilgan Xafsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishidagi
belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasiga biriktirilgan otaliqqa olingan
yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish maqsadida, turli
sport musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda.
Xuddi shunday musobaqalardan
biri sportning Mini futbol turi bo‘yicha Termiz shahridagi 3 sektor hududidagi
9 ta mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlar
tarkibidan tuzilgan futbol jamoalari kuch sinashishdi. Bunda Termiz shahrining ya’ni
“A.Jomiy”, “Eski shahar”, “Majnuntol”, “Pattakesar”, “Nurli kelajak”, “Amu-sohil”,
“Surxon-sohili”, “Jo‘yjangal” hamda “Ma’rifat” mahallalaridagi otaliqqa olingan
yoshlari o‘rtasida o‘tkazilib, musobaqa yakuniga ko‘ra, 1-o‘rinni “Nurli kelajak”
MFY yoshlari, 2-o‘rinni “Majnuntol” MFY yoshlari hamda 3-o‘rinni “Eski shahar” MFY
yoshlari egallashdi.
Termiz shahridagi “Yoshlar
istirohat bog‘ida” musobaqa g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda
g‘olib bo‘lgan jamoalar Termiz shahar IIB boshlig‘ining diplom hamda estalik sovg‘alari
bilan taqdirlanishdi. Tadbir davomida, otaliqqa olingan yoshlarning madaniy hordiq
chiqarishlari uchun gala konsert dasturi tashkilashtirildi.