28 Sentyabr 2023 yil
753
Termiz shahrida “Xalqaro turizm kuni” keng nishonlandi.
Joriy
yilning 27 sentabr kuni “Xalqaro turizm kuni” munosabati bilan Termiz shahrining
turli joylarida tashkil etilgan bayram tadbirlari turizm sohasiga aloqador tashkilotlar
hamda Termiz Davlat Universitetining turizm fakulteti talablari o‘rtasida ko‘tarinki
ruhda nishonlandi.
Kun
davomida o‘tkazilgan bayram tadbiri Termiz shahridagi “Tarix va Madaniyat” muzeyi
maydonida kotsert dasturlariga bog‘lanib ketdi.
Bayram tadbiri davomida, turizm
sohasini rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan bir qator jonkuyar va fidoyi
xodimlar viloyat hokimligi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.