15 Mart 2024 yil 674

Termiz shahri 2 sonli umumta’lim maktabida shahar IIB hodimlari, ta’lim muassasasi o‘qituvchi hamda o‘quvchilari ishtirokida davra suxbati tashkil etildi

Ma’naviyatni yuksaltirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, kitob mutolaasi insonni ma’naviy kamolot sari yetaklashini, insonni har tomonlama yetuk, komil shaxs sifatida shakllanishidagi o‘rni nihoyatda beqiyosdir. 

 Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarning manaviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilib, bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

 Bugun Termiz shahri "Ma’rifat" mahallasida joylashgan 2-sonli umumtalim maktabida shaxar IIB hodimlari, talim muassasasi o‘qituvchi  hamda o‘quvchilari ishtirokida davra suxbati tashkil etildi.

Suxbat davomida o‘quvchilarga ko‘proq kitob o‘qishlari, kishi kamol topishida kitobning ro‘li katta ekanligi haqida tushunchalar berildi.

Uchrashuv so‘ngida kitob mutolaasida tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir qator o‘quvchilar, IIB hodimlari tomonidan faxriy yorliq hamda kitoblar bilan taqdirlarndilar. 

Text to speech