25 Iyun 2024 yil 309

Tergov hibsxonasi xodimlari o‘rtasida psixologik trening mashg‘uloti o‘tkazildi.

Ichki ishlar organlari tizimida “Qonuniylikni ta’minlash va temir intizom oyligi” doirasida, Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati mutaxassis-psixologlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish departamenti 4-mintaqaviy hudud 9-son tergov hibsxonasi xodimlari psixodiagnostik tekshiruvdan o‘tkazilib, ular bilan psixologik trening mashg‘uloti olib borildi.

Trening mashg‘uloti jarayonida har bir xodimga individual yondashgan holda ularda vatanparvarlik, mardlik, jasorat singari tuyg‘ularini yanada kuchaytirish, shuningdek, hissiy zo‘riqish, stress va tushkunlik holatlarini oldini olish, favqulotda hamda ekstremal vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish qobilyatlarini shakllantirishga qaratildi.

Shu bilan birga, ularning ichki potensiallarini yuzaga chiqarish va uning kuchli tomonlarini namoyon qilishga ko‘maklashish, axloqiy-ruhiy tayyorgarlik darajasini oshirishga doir bo‘lgan qobiliyatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Hozirda Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlari xodimlari  o‘rtasida salbiy holatlarning oldini olish, ularning ruhiy salomatligini muhofaza qilish, jamoalardagi ma’naviy-ruhiy muhit barqarorligini ta’minlash, shaxsiy tarkibning xizmat va dam olish sharoitlarini yaxshilash, ularning oilaviy-maishiy muammolarini o‘rganish va ijobiy hal etishda ko‘maklashish, xodimlardagi ruhiy o‘zgarishlarning sabablarini chuqur o‘rganish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tashkiliy, amaliy va tarbiyaviy profilaktik chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.

Text to speech