25 Mart 2024 yil 446

Teatr haftaligi doirasida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari va ularning oila a’zolariga teatr namoyish etildi.

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlari xodimlarining ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, tariximiz, milliy qadriyatlarimizga hurmat hamda ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda madaniyat va san’atning xususan teatrning ahamiyati katta hisoblanadi.

Shuningdek, yurtimizda 21-27 mart kunlari “Teatr haftaligi” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan, joriy yilning 25 mart kuni Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar va ularning oila a’zolari e’tiboriga, Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrining ijodiy jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan “Zo‘raki tabib” nomli spektakli namoyish etildi.  

Ushbu spektakl namoyishi Ichki ishlar organlari xodimlarining madaniyat va san’atning turli sohalariga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, ularni estetik jihatdan tarbiyalashga qaratilganligi bilan yanada muhim ahamiyat kasb etdi.

Text to speech