21 Iyul 2021 yil 527

Tanishiga tan jarohati etgazgan shaxsga jinoyat ishi qo'zg'atildi

Sho'rchi tumanida 2021 yil 16 iyun kuni soat 21.00 larda, tumanning "Oqkamar" mahallasida yashovchi, R.Yusufni tanishi Muzrabod tumani "Yashnabod" mahallasida yashovchi, o.Abdi tumanning "Navro'z" mahallasi hududida, o'zaro janjallashishi oqibatida qo'li bilan duch kelgan joylariga urib, R.Yusufga "o'rtacha og'irlikdagi" tan jarohati etkazgan. 6 iyul kuni o.Abdiga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech