18 Oktyabr 2024 yil
501
Talabalar o‘rtasida profilaktik targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Termiz davlat pedagogika institutida "Talabalar o‘rtasida jinoyatchilikning
oldini olish va terrorizmga qarshi kurashish" mavzusida profilaktik tadbir
bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat
qidiruv bo‘limi mas’ullari J.Ishnazarov, A.Chorieva, institut profilaktika inspektori
T.Xushboqova va talabalar ishtirok etishdi.
Tadbirda mas’ullar tomonidan talabalarga turli yot illatlar
ta’siriga tushib qolmasliklari bo‘yicha ma’lumotlar berilib, ogohlikka chaqirildi.