Takror o'g'rilik qildi...
Sho'rchi tumanida 2021 yilning 16 mart kuni tumanning "Bobur" mahallasida N.O'. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 15 mart kuni taxminan soat 13.30 lar chamasida, tumanning "Navro'z" mahallasi hududida joylashgan to'yxonaga, sinfdoshi q.S.ga tegishli, Lada Largus rusumli avtomashinasida olib kelgan narsalarni tushirayotganida, noma'lum shaxs avtomashinada turgan sumkasi va uning ichidagi 250 (ikki yuz ellik) AQSh dollari, 250.000 (ikki yuz ellik ming) so'm pullari, bir juft 100.000 (yuz ming) so'mlik "Airpod" rusumli naushniklari va 1 dona narxi 85 (sakson besh) AQSh dollar bo'lgan "D&P perfumym" nomli erkaklar atirini o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida ushbu o'g'irlikni tumanning "Yoshg'ayrat" mahallasida yashovchi E.T. sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan.
Mazkur holat yuzasidan, 2021 yil 18 mart kuni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o'g'irlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan
fuqaro E.T. ilgari ham o'g'rilik jinoyatini sodir qilganligi uchun O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan sudlanib, hozirda tuman IIB probasiya hisobida jazo muddatini o'tab kelayotganligiga qaramasdan takror o'g'rilik jinoyatini sodir qilgan. Xalqimizda bir gap bor qo'pol gap ammo haq gap "bukrini go'r to'g'rilaydi"-degan. Bu hikmatli so'z aynan E.T.ga o'xshagan kimsalarga aytilgan bo'lsa, ne - ajab!
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati