8 Avgust 2022 yil
375
Taqiqlangan ekin egasining boshi qonun oldida egiladigan bo‘ldi
Denov tumanida 2022 yil 23 iyul kuni, tuman IIB xodimlari tomonidan tumanning “Dashtichinor” mahallasi hududida o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida, shu mahallada yashovchi, J.Feruzaning (ism shariflar o‘zgartirilgan) yashash uyi ko‘zdan kechirilganda, tomorqasidan jami 36 tup “nasha” giyohvandlik o‘simligini ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlanib ushlangan. 26 iyul kuni J.Fotimaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati