20 Mart 2020 yil
924
SURXONDARYODAN YO'LGA CHIQQAN "EZGULIK AVTOKARVONI" SAMARQAND HUDUDIDAN O'TMOQDA.
Surxondaryo viloyati IIB YHXB tashabbusi bilan 2020 yil 18 mart kuni soat 14:00 da, poytaxtimizda tahsil olayotgan surxondaryolik talabalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni uylariga xavfsiz va betalofat olib kelish uchun "ezgulik avtokarvoni" yo'lga chiqib ketishdi. Eslatib o'tamiz yo'l kira haqqi "mutlaqo tekin" avtokarvon 2020 yil 19 mart kuni soat 07:00 da Toshkent shahridagi "Yoshlik" talabalar shaharchasidan Surxondaryoga maxsus patrul avtomashinasi kuzatuvida jo'naydi.
Ayni vaqtda "ezgulik avtokarvoni" Samarqand viloyati hududi orqali harakatlanmoqda.
Safarlaringiz bexatar bo'lsin. Hurmatli ijtimoiy tarmoq faollari keling ushbu savobli ishni kengroq yoritaylik.
Surxondaryo viloyati IIB YHXB matbuot guruhi.